Baxtsiz hodisada omon qolgan Maykl Antonio "Vest Xem"ni tark etdi

Sherzod Nurmatov
8 avg 2025
"Vest Xem" hujumchisi Maykl Antonio "bolg'achilar" safidan ketdi, deb xabar berdi London klubi matbuot xizmati.

Shartnoma iyun oyi oxirida tugadi va har ikki tomon uni uzaytirmaslikka qaror qildi.

Yamayka terma jamoasi futbolchisi 2015 yildan buyon "Vest Xem"da o'ynab kelayotgandi. U bu jamoaga "Nottingem Forest"dan ko'chib o'tgan. 10 yil davomida Antonio "bolg'achilar" safida 323 o'yin o'tkazib, 83 ta gol urdi va klubning APL tarixidagi eng yaxshi to'purariga aylandi.

Maykl Antonio 2024 yilning dekabr oyida jiddiy YTHga uchragan va pastki oyoq suyagi sinishi tufayli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: whufc.com