Belarus chempionati. "Energetik-BGU" ishonchli g'alabaga erishdi, Abdixoliqov navbatdagi golini urdi

Sherzod Nurmatov
14 may 2022
Belarus Oliy ligasi 8-turidan o'rin olgan "Energetik-BGU" – "Minsk" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Quvonarlisi, ikkinchi gol penalti orqali hamyurtimiz Bobir Abdixoliqov tomonidan urildi. Hujumchi 90-daqiqada zaxiraga olindi, o'rniga Kunskiy tushdi. Shuningdek, yurtdoshlarimiz – himoyachi Abduqodir Husanov va yarim himoyachi Shohruh Abdurahmonov to'liq 90 daqiqani maydonda o'tkazdi.

Energetik-BGU – Minsk 2:0 

SOK Olimpiyskiy

Gollar: 1:0 – 56 Svirepa, 2:0 – 74, penalti Abdixoliqov.

Energetik-BGU – Makushinskiy, Svirepa (Samotoy, 84), Makavchik, Lavrik, Pashevich, Silinskiy (Xlebosolov, 82), Abdurahmonov, Rilach, Husanov, Abdixoliqov (Kunskiy, 90), Papariga (Grishenko, 66).

Minsk – Poznyak, Yaskovich, Kozlov, Xalimonchik, Yakushevich, Shramchenko (Chernook, 76), Evdokimov, Jigero (Shibun, 64), Dushevskiy (Shilo, 54), Xvashinskiy (Martinov, 66), Bogomolskiy (Penchuk, 77).

Malumot uchun, Bobir Abdixoliqov 9 ta gol bilan chempionat to'purarlari orasida etakchilik qilmoqda. 

Belarus chempionati to'purari Bobir Abdixoliqov: "Bir umr markaziy hujumda harakatlanganman, ammo "Rux" bosh murabbiyi meni o'ng qanotga qo'ydi..."


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Abdul.basit
14 may 2022
Topurar bolib rossiya premer ligasi bolsin keyingi bekat bobur omad
ManCity_CITYZEN
14 may 2022
Бобур босс газига отангни Насафидан чикканда бу !