"Benfika" ijaraga olingan "Manchester Yunayted" himoyachisini sotib oldi

Sherzod Nurmatov
24 may 2024
Alvaro Fernandes "burgutlar"ga 6 million evroga tushdi.

Portugaliyaning "Benfika" klubi "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan himoyachi Alvaro Fernandesni sotib oldi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabarlarga ko'ra, bitim bugun yopilgan. "Burgutlar" 21 yoshli Fernandesni sotib olish uchun 6 million evro to'lagan va himoyachi klub bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. "Manchester Yunayted" Fernandesning keyingi sotuvining foizlari bilan bir qatorda qayta sotib olish variantini ham oldi.

Alvaro Fernandes joriy mavsum "Benfika" tarkibida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano