Berbatov: “Sulsher MYUga mos emas”

Eldor Akmurzayev
28 okt 2021
“Manchester Yunayted” sobiq forvardi Dimitar Berbatov jamoaning hozirgi ustozi Ole-Gunnar Sulsher haqida fikr bildirdi.

“Sulsher MYUga to'g'ri kelmaydi. Ularga jamoani boshqarishga qodir bo'lgan mutaxassis kerak. Murabbiylar shtabi qisqa fursatda vaziyatni o'nglay oladi deb o'ylamayman. Ehtimol, rahbariyat allaqachon bir qator yangi variantlarni o'ylayotgandir”, deydi bolgariyalik sobiq futbolchi.

Eslatib o'tamiz, “qizil iblislar” xo'jayinlari Sulsherga vaziyatni to'g'rilash uchun uchta o'yinga imkon berdi. Manchesterliklarni oldinda APL doirasida o'tadigan “Tottenxem” qarshi bahs (30 oktyabr, 21:30) kutmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua