"Betis" Luis Enrike transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
15 mar 2022
"Fluminense" prezidenti Mario Bittenkur hujumchi Luis Enrike yozda "Real Betis"ga o'tishini ma'lum qildi.

21 yoshli braziliyalikning transfer narxi 13 million evroni tashkil qiladi. U "Fluminense" Libertadores Kubogi musobaqasidagi ishtirokini yakunlaganidan keyin "Real Betis"ga o'tadi. Enrike turnirda 3 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Enrike 2020 yilda "Fluminense" safida debyut qilgan. U klub safida jami 93 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan va 10 ta golga assistentlik qilgan.

"Real Betis" Ispaniya chempionatining 28-turidan keyin 49 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS