Bilasizmi, Ronaldu "Barselona"ga o'tishi mumkin bo'lgan ekan

Mirjalol Normatov
30 iyun 2019
2009 yilda Florentino Peres "Manchester Yunayted"dan Krishtianu Ronalduning transferini istamagan, Ser Aleks Fergyuson esa uni "Barselona"ga taklif qilgan ekan.

"Real" doimo noqulay  vaziyatlarga tushib qolishiga barchamiz odatlanib qolganmiz. - deb gap boshladi Fergyuson ispanlarning agressiv muzokaralari haqida. - Kalderon xudoga sig'inish ancha oldin bekor qilinganini aytgandi. Ular menga general Franko haqida gapirdimi? Agarda imkoniyatlar haqida gapiradigan bo'lsak, "Barselona"da bu "Real"ga qaraganda yaxshiroq.

Kataloniyaliklar shunchaki qatnashishmadi bu muzokaralarda. Shu orqali Ser Aleks "Real"ni chaqib olgandek bo'ldi. "Barselona" Krish bilan juda qattiq qiziqdi. O'shanda ular Ronaldinyoning o'rniga uni o'ynatmoqchi edi: Ronaldu chapda, Messi o'ngda.

Umuman olganda qiziqishlar jiddiylashib ketdi: 2007 yilda "Barselona" sport direktori Chiki Begristayn Ronalduning agent Jorje Mendesh bilan uchrashdi. Oradan bir yil o'tib, Laportega va yana bir necha insonlarga, shuningdek, Sandro Roselga ham Ronalduni sotib olish bilan taxdid qilgandek bo'ldi.

Yakunda Peres Ronaldusiz qolib kyetishni istamadi. Aslida Fergyusonning o'zi "Real"ga turtki berish uchun Ronalduni "Barselona"ga taklif qilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca