

Ayni kunlarda stadionlarda ta'mirlash ishlari jadal suratlarda davom etmoqda. Xususan, o'yingohlarning kiyinish va yuvinish xonalari ta'mirdan chiqarilmoqda. Maydon maysalarini sug'orish uchun yangi moslamalar o'rnatildi. Ohangaron stadionining tribunasining tom qismi yopilib, yomg'irli kunlarda muxlislarga qulaylik yaratilishi ko'zda tutilgan. Stadionlarni ta'mirlash ishlariga Bo'ka tumani va Ohangaron shahar hokimligi hamda homiy tashkilotlar tomonidan mablag' ajratilgan.
Viloyat futbol assotsiatsiyasi 2-liga bahslarini yanada qiziqarli o'tishini taminlash, viloyatda millionlar o'yinini yanada ommalashtirish hamda rivojlantirish yo'lida boshqa tuman, shahar hokimliklariga ham stadionlarni ta'mirlash borasida tashabbus bilan chiqmoqda. Ahamiyatlisi, hokimliklar ham assotsiatsiyamizning tashabbusini qo'llab-quvvatlamoqda. Rejaga ko'ra, viloyat birinchiligi startiga qadar yana bir nechta stadionlar kapital ta'mirdan chiqarishi rejalashtirilgan.


