Bonuchchi "Inter"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
7 fev 2021
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi Italiya Kubogi yarim final "Inter"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.

Kecha bo'lib o'tgan Italiya chempionati doirasidagi "Roma"ga qarshi o'yinda Bonuchchi o'zini almashtirishlarini so'radi. O'yindan so'ng futbolchi hammasi joyida ekanligini aytdi.

"Bonuchchi "Inter"ga qarshi o'yinda harakat qiladimi? Ko'ramiz. Unda kichik muammo bo'lgandi. Biz yakshanba kuni uning jismoniy holatini baholaymiz", - deydi Andrea Pirlo.

"Yuventus" seshanba kuni, aniqrog'i 9 fevral kuni "Inter"ni qabul qiladi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia