"Borussiya" va "Monako" Nyubel uchun davogarlik qilishmoqda

Alisher
2 apr 2021
Myunxenning "Bavariya" klubi zaxira darvozaboni Aleksandr Nyubel yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishga yaqin.

24 yoshli germaniyalik darvozabonga Dortmundning "Borussiya" va Fransiyaning "Monako" klublari qiziqish bildirmoqda.

Nyubel "Bavariya"ga o'tgan yozda Gelzenkirxenning "Shalke" klubidan erkin agent maqomida o'tgandi.

Aleksandr joriy mavsumda atigi 3ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta to'p o'tkazib yubordi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal