

Dastlabki tekshiruvdan so'ng, "shporlar" sardorining chap oyog'ining to'piq qismiga shikast etganini "Tottenxem" klubi rasman tasdiqladi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Harri Keyn mashg'ulotlarga mart oyidan avval qayta olmaydi.
Natijada, angliyalik forvard YCHL nimchorak final bosqichidagi "Borussiya D"ga (14 fevral) qarshi dastlabki uchrashuv va Angliya kubogi doirasida "Chelsi" (28 fevral) bilan bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuboradi.



