Brendan Rojers: Suares atrofidagi gaplar jamoaga ta’sir qilmaydi

Narzulla Saydullayev
1 avg 2013
Brendan Rojersning aytishicha Luis Suares bilan bog'liq vaziyat “Liverpul”ning jamoaviy ruhiyatiga ta’sir qilmas ekan.
Sababi o'yinchilar o'z vazifalariga yuqori professionallik va sodiqlik bilan yondoshmoqda.

“Shunga o'xshash vaziyatlar jamoaning ichki muhitida ko'pincha bo'lib turadi” - deydi Rojers Liverpool Echo ga bergan intervyusida.  “Lekin bizda bunday voqea bo'lmaydi”.

“Birinchidan o'yinchilarimizning yuqori professionalligi xaqida aytmoqchiman. Hech bir futbolchi agar u haqiqatdan jahon futbolining superyulduzi bo'lsa jamoaning qolgan a'zolaridan ajralib turmasligi kerak. Biz aynan mana shu asosni bizning principimiz qilib olishimiz kerak”.

“Ikkinchidan Luis o'zini eng kuchli ekanligini namoyish qilmoqda. U o'z vazifalariga to'liq kirishmoqda. Har qanday o'yinchiga uzoq vaqt dam olishdan keyin ish rejimiga kirishib kyetish oson emas, lekin u allaqachon hamma bilan birgalikda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda”.

“Bizning jamoani ichida ham va uning tashqarisida ham atmosfera juda yaxshi. Bizni ruhiyatimiz kuchli, agar mana shu muhim sifatni saqlay olsak shunda mavsumda yaxshi ishtirok etishimizda yordam beradi”.

Rojers Luis Suaresni yozgi transfer oynasi yopilguncha “Enfild”da qolishiga hech qanday kafolat bermayapti. Shuning uchun ham jamoa urugvaylik futbolchini sotilishi mumkinligiga uning o'rinbosarlari ro'yxatini tuzishmoqchi.

“Luis baxtiyor va u jamoani to'liq biladi. U uzoq muddatli chetlatilishdan keyin xozir og'ir vaziyatda, sababi u mavsumning birinchi olti turida o'ynay olmaydi. Lekin bu unga qattiq mehnat qilishiga va jamoaning bir bo'lagi bo'lib qolishiga halal bermaydi”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Liverpoolfc.ru