Buffon bir ko'rsatkichni qayd etgan dunyodagi yagona inson

Aslanov Jasurbek
14 may 2018
A Seriyaning 37-turida "Yuventus" "Roma" bilan durang (0:0) qayd etdi.

Bu natija tufayli "keksa sinora" muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritdi. Milliy chempionatdagi g'alaba turinliklar darvozaboni Janluiji Buffon uchun to'qqizinchisi bo'ldi.

Darvozabon Italiya chempionatida bu muvaffaqiyatga erishgan ilk futbolchiga aylandi. Chempionlik sovrinlari bo'yicha Buffon Virjinio Rozetta, Jovanni Ferrari va Juzeppe Furinolardan (8ta) o'zib ketdi.

Buffon "Yuventus" safida 656ta o'yin o'tkazib, 301 marta darvozasini "quruq" saqlab qoldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com