"Bularning barchasi mish-mish" - Igor Sergeev MTJga xorijlik murabbiy kelishi mumkinligi haqida

Абдулвосит Бектемиров
7 aug 2025
MTJ hujumchisi Igor Sergeev terma jamoaga xorijlik murabbiy xorijlik murabbiy kelishi haqidagi vaziyat bo'yicha o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

- So'nggi paytlarda OAVda milliy terma jamoaga xorijlik murabbiyni taklif qilish imkoniyati faol muhokama qilindi. Xususan, Yoaxim Lyov va Slaven Bilich kabi taniqli mutaxassislarning nomlari tilga olindi. Sizningcha, musobaqa boshlanishiga bir yildan kamroq vaqt - taxminan 10-11 oy qolganini hisobga olsak, hozir murabbiyni almashtirish maqsadga muvofiqmi? Xorijlik murabbiy shunday qisqa muddat ichida biror natijaga erishishga ulguradimi? Yoki hozirgi bosh murabbiy Timur Kapadzega ishonish bildirish kerakmi?

- Men boshqa murabbiylar haqida gapirmayman. Avvalo, bularning barchasi mish-mish. Sababi hech qanday rasmiy bayonot yoki muzokaralar olib borilayotgani haqida rasmiy tasdiq uchratmadim. Ular ehtimol xorijlik mutaxassis topishlari mumkindir. Nima uchun aynan Lyov, bilmayman. Bu birinchisi. Ikkinchisi, balki biror murabbiy kelib, hamma narsani bir zumda o'zgartirar, ammo mening fikrimcha, u hech bo'lmaganda kelib, chempionatni va futbolchilarni o'rganib chiqishi kerak.

Yig'in o'tkazish bu boshqa masala. Klublardagi o'yinchilarni kuzatish kerak, axir terma jamoaga avvalo klubda namoyish etayotgan o'yinlari uchun chaqirishadi-ku. Eng muhimi - futbolchi qanday o'ynayotganini, qanday taktika ostida harakatlanayotganini ko'rish kerak. Balki u klubida malum bir taktika tufayli yaxshi o'ynayotgandir, lekin bu taktika terma jamoaga to'g'ri kelmasligi mumkin, masalan. Bu vaqt talab qiladigan jarayon, axir u barcha o'yinlarga birdan kela olmaydi-ku. Bir o'yinga keladi, ikkinchisiga, uchinchisiga, yana futbolchining hujumda, himoyada qanday o'ynayotganini ham ko'rib chiqish kerak.

Bu juda mashaqqatli ish. Balki xorijlik mutaxassis kelib, hamma narsani darhol o'zgartirar, lekin menimcha, buning uchun vaqt kamlik qiladi. Ushbu masalada nozik jihatlar ko'p. Associaciya qanday qaror qabul qilishiga bog'liq. Rasmiy xabar elon qilinmagunicha, men bunga jiddiy qaramayman. Hozircha Timur aka bor va oldimizda CAFA musobaqasi bor.

Hali hech narsa aniq bo'lmasa, nima haqida o'ylash mumkin? Bu mening ishim emas va bunday narsalarga boshimni qotirmayman.




Абдулвосит БектемировMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Абдугаффор . N
7 aug
Усмон Тошев бн бориб куяколайлик. Яхши мураббий
Lochinlar UZ
7 aug
Сен каерданам билардинг, хумпар!
Zohidjon Usarov
7 aug
Ишкилиб Бабаян келмасинда ишсиз юрибди.
Xscreen
7 aug
negadir shubhali, bir biriga óhshash maqola va habarlar kóp chqarilmoqda?! Kopadzeni "óqlangan" jurnalist va blogerlari bóshashmaymiz, ohirigacha bosinglar, tanish bilish, pul, va óz manfatingiz yólida olga, vatan manfati va Ózbek futboli obrósiga "tupirib" qóying!!!
Odiljon
7 aug
Guruch.bilan.ccheklanib.qaytib.kelib.tajribamiz.oshdi.deyishadi.Kapadzeni.oqlayotganlar.Parij.buni.isboti.salkam.MTJ.oynadi.shunda.xam.baxona.tayor.katta.oyinchilar.bilan.kirishib.ketolmadi.deyishdi
sss ddd
7 aug
Ким мураббий бўлишини футболчидан сўрайдими? Кападзе ўрнига бошқаси келсин деган куни термадаги ўрнидан айрилади
Jons
7 aug
To'g'ri murabbiyda gap ko'p bo'ladi, lekin sezishimcha bizni futbolchilarga bir narsa yuqib qolgan ohirgi paytlarda, termada Kuper, Paxtakorda Shatskih va Morreyraga qarshi ish qilishdi 3-4 tasi. Shu narsa bolalab ketmasa bo'ldi.