Bunaqasi hali bo'lmagan. Jahon chempionatida Osiyodan 5ta jamoa qatnashadi

Narzulla Saydullayev
15 noya 2017
Avstraliya terma jamoasi JCH-2018 pley-offida Gondurasni mag'lub etib yo'llanmaga ega chiqdi.

Shu tariqa, tarixda ilk bor Osiyo qitasidan birdaniga beshta jamoa Jahon chempionatida ishtirok etadigan bo'ldi.

1998 yildan buyon Osiyodan 4tadan jamoa mundialda qatnashib kelayotgandi. 2018 yil bu rekord yangilanadi.


Ma'lumot uchun, Rossiyada o'tadigan Jahon chempionatida Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni va Avstraliya terma jamoalari Osiyo sharafini himoya qilishadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia