Bunyodkor 21 mart kuni Qizilqum bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
19 mar 2019
O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan keyin qisqa muddatli tatilga chiqqan qaldirg'ochlar kechadan yana mashg'ulotlarga kirishdi.

Olti nafar futbolchi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yig'inida ishtirok etayotgani sababli mashg'ulotlarda qatnashmayotgan bo'lsa, Ulug'bek Abdullaev jarohatini davolatmoqda.

Rejaga ko'ra, indinga Bunyodkor nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib Superliga vakili Qizilqum jamoasi. Navoiy klubiga qarshi o'yin qaysi maydonda bo'lib o'tishi va soat nechchida boshlanishi to'g'risida alohida ma'lumot beramiz.

Eslatib o'tamiz, Bunyodkor Superliganing 2-tur o'yinida Paxtakorga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 31 mart kuni bo'lib o'tadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com