

Kuniga bir mahaldan o'tkazilayotgan mashg'ulotlar 17 yanvardan boshlab Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettiriladi. “Qaldirg'ochlarimiz” 16 yanvardan 17 yanvarga o'tar kechasi safarga yo'l oladi. Antaliyadagi yig'in 13 fevralga qadar davom etadi. Albatta xorij yig'in doirasida o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi va raqiblarimiz ham ma'lum.
Demak, “Bunyodkor” 13 fevral kuni yakuniga etadigan yig'in doirasida “FC Szombathelyi Haladás” (Vengriya), “FC Dobrudzha Dobrich” (Bolgariya), “FC LNZ Cherkasy” (Ukraina), “FC Sloga” (Bosniya va Gertsegovina), “FC Arsenal” (Rossiya), “FC Rotor” (Rossiya), “FC Auda” (Latviya) jamoalariga qarshi sinov-nazorat o'yinida maydonga tushadi.




