"Buxoro" sport majmuasida oilaviy sektor ishga tushdi

Narzulla Saydullayev
30 mar 2016
Futboli rivojlangan mamlakatlarda muxlislik madaniyati ham juda rivojlanganligidan barchaning xabari bor.

O'zbekistonda ham futbol rivojlanish bilan birga muxlislik madaniyati ham rivojlanib bormoqda.

Bugungi kunga kelib stadionga tashrif buyurish bo'yicha mamlakatimizda buxorlik muxlislar mana bir necha yildirki yetakchilik qilib kelishmoqda. Ushbu mavsumdan e'tiboran “Buxoro” PFK yangilikga qo'l urmoqda.

Futbol bo'lgan kun hamma vaqt muxlis uchun bayram sifatida qabul qilinadi. Har bir muxlis ushbu bayramni o'z yaqinlari, oila-a'zolari davrasida o'tkazishni istashi aniq. “Buxoro” futbol klubi muxlislarga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, “Buxoro” sport majmuasida maxsus “Oilaviy sektor”ni ishga tushuradi.

Bu maxsus sektorda har qanday muxlis o'z yaqinlari, bolalari, xullas butun oila bo'lib tomosha qilish imkoniyatiga ega.

“OILAVIY SEKTOR” afzalliklari:

“Oilaviy sektor” “Buxoro” sport majmuasida futbol tomosha qilish uchun eng qulay bo'lgan “2-V” sektorida joylashgan. Ushbu sektorda bolalar borligi inobatga olingan holda qo'shimcha xavfsizlik chtoralari ko'riladi. Bundan tashqari “Oilaviy sektorda” chekish, nomaqbul so'zlar ishlatish qatiyan taqiqlanadi!

“Buxoro” jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun oilangiz bilan tashrif buyuring! Biz sizni kutamiz!

“Buxoro” - “Paxtakor” uchrashuvi 1 aprel, soat 18:45da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com