"Buxoro" yana "Jar"da o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
7 apr 2025
Buxorodagi stadionning foydalanishga topshirilishi kechikayotganidan kelib chiqib, "Buxoro" klubining uy uchrashuvlarini tashkil etishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

Jumladan, "Buxoro" Superliga 4-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" klubiga qarshi uy uchrashuvini raqib maydonida o'tkazishiga to'g'ri keldi. Mart oyida klub uy uchrashuvlari uchun "Jar" stadionini ro'yxatdan o'tkazgandi. Biroq keyinroq mazkur stadiondan "Olimpik-MobiUz" ham foydalanishni boshlagach, aprel oyidagi uy o'yinlari masalasida muammolar yuzaga chiqa boshladi. 

"Buxoro" "Nasaf" klubiga qarshi Superliga 6-turidan o'rin olgan 19 aprel kungi uchrashuvni "Bunyodkor" stadionida o'tkazishga yaqin turgandi. Biroq "Bunyodkor"ning o'zi 18 aprel kuni shu arenada "Xorazm" bilan o'yin o'tkazadigan bo'ldi. Mazkur sabab va albatta "Jar" stadionidan foydalanayotgan "MobiUz" hamda "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlar mazkur sana arafasida safarda ekanligidan kelib chiqib, "Buxoro" yana "Jar"ga qaytishga majbur bo'lmoqda.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: pfl.uz

Izohlar

Жахонгир-9
8 apr
Бухоро стадиони яхши эди.Олигархия кучлилик килди.Стадионни ер билан битта килиб ташлади.Дарбадарликдан бирор натижага эришиб булмайди.Минг маротаба чиранган билан.ва аксинча бор стадионлар хам куп экспулатация окибатида хароб булади.
Utkur Gadoyev
7 apr
Дарбадарликда... Ёлғончи ҳукумат ва ишонувчан раият... Кимгадир раҳминг келади, кимдандир жирканасан... Оллоҳ хайри қилсин
Buxoro Bexruz
7 apr
Nima keragi bor bunaqa kamandani. Uy uchrashuvlari Toshkentda boʻlsa bizlar muxlis boʻlib tusholmasak. Tayyor Oʻzbekistondagi eng zoʻr stadionlardan birini buzib tashlashdi. Oʻrniga akademiyani 8 ming kishilik stadionini taxlashdi hali tayyor ham emas. Vaʼda berilgan 20 ming kishilik stadion qurilishi vadaligicha qolib ketdi. Eng qizigʻi oʻsha buzilgan stadion, 13 qavatli viloyat hokimligi, 5 qavatli shahar hokimligi, yangi prokuratura binosi, eski med institut binosi, musiqa va sanat kolleji, xotira va qadrlash xiyoboni oʻrniga hech nima qurilish boshlangani yoʻq
Abror_Tursunov
7 apr
JAR no ham tiq ko'tingga
Baxrom Ramazanov
7 apr
.Энди республикада уз урнига эга Бухородек вилоятда албатта вилоятимизнинг жонкуяр рахбарлари бу масалани хал к,илиш борасида ижобий ечим топишларига ишонамиз.Тез орада жамоамиз уз ишк,ибозлари к,аршисида уйнаб мухлисларга олам олам к,увонч багишласа ажабмас.