"Chelsi" 2012 yilda Mbappe bilan shartnoma tuzishni istamagan ekan

Aslanov Jasurbek
13 sen 2018
"Chelsi" sobiq skauti Serj Daniel Boga 2012 yilda London klubi hozir PSJ sharafini himoya qilayotgan Kilian Mbappe bilan shartnoma tuzishdan bosh tortgani haqida aytib berdi.

"Chelsi" Kilianni ko'rikka chaqirgan birinchi klub bo'ladi. Do'stim mendan Mbappe haqida eshitdingmi deb so'radi, yo'q deb javob berdim. "Sen uni ko'rishing kerak" - dedi do'stim. Men Mbappe kuchli futbolchi ekanligini ko'rdim.

U haqida "Chelsi"ga aytdim. Bolakayni oilasi bilan olib keldim. Mbappe "Charlton"ga qarshi o'ynadi, jamoa 7:0 hisobida g'alabaga erishdi. Bir haftadan so'ng "Chelsi"dagilar uni yana bir ko'rikka chaqirishdi va shundan keyin qaror qabul qilishini aytishdi.

Mbappening onasi o'g'li Londonga bormasligini va agar Kilian ularga kerak bo'lsa shartnoma taklif qilishlarini so'radi. Aks xolda ular 5 yildan so'ng Mbappe uchun 50 mln evro to'lashi kerak bo'lishini aytdi. Futbolchining onasi haq bo'lib chiqdi. Mbappe uchun 50 emas, 180 mln evro so'rashdi" - deydi Boga.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal