

Ushbu o'yingacha bo'lgan bir hafta ichida murabbiy jamoadagi bazilar bilan uchrashuv o'tkazgan.
47 yoshli mutaxassis qator futbolchilar, murabbiylar shtabi va boshliqlar, jumladan, Todd Boeli bilan ham indvidual suhbatlar o'tkazgan. U klubni rivojlantirish bo'yicha rejasi haqida aytib bergan va ularning etirozlariga quloq tutgan.
Potter kiyinish xonasida tartib o'rnata oldi. Misol uchun "Borussiya" bilan o'yinda sardorlik bog'ichi Mateo Kovachichga topshirildi, penaltini esa Kay Xaverc amalga oshirdi. "Chelsi" futbolchi va xodimlari Potterning bosimdan chiroyli chiqib keta olayotganidan mamnun.



