"Chelsi" futbolchisi "Lids"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2026
"Chelsi" matbuot xizmati Fakundo Buonanottening ijarasi tugatilib, futbolchining "Brayton"ga qaytganini ma'lum qildi.

21 yoshli futbolchi mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Lids"da o'tkazadi.

Fakundo Buonanotte ushbu mavsumda "Chelsi" tarkibida barcha turnirlarda 8 o'yinda qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi. Uning transfer huquqi "Brayton"ga tegishli.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: chelseafc.com/en