"Chelsi" himoyachi Myazgani 5-bor ijaraga beradi. Uning navbatdagi klubi - "Alaves"

Alisher
16 avg 2021
"Chelsi" markaziy himoyachisi Mett Myazga faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

London klubi 26 yoshli amerikalik futbolchining ushbu haftada ijara asosida "Alaves"ga o'tishiga ishonchi komil. Muzokaralar yakuniy bosqichda, bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda.

Oldinroq, "Chelsi" Myazgani "Anderlext", "Reding", "Nant" va "Vitess" klublariga ijaraga bergan edi.

Himoyachining "ko'klar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano