"Chelsi" Lukakuga 10 mln evro+ maosh taklif qildi, ammo forvard rad etdi

Alisher
29 iyul 2021
"Chelsi" "Inter" hujumchisi Romelu Lukaku bilan shartnoma imzolamoqchi.

Angliya klubi futbolchiga yiliga 10 mln evrodan ko'p maosh taklif qildi, ammo rad javobini oldi, sababi Lukaku "Inter"da qolmoqchi. U hozirda 7,5 mln evro maosh olmoqda.

Belgiyalik o'z xohishini "Chelsi" rahbariyatiga va "Inter" bosslariga ma'lum qildi. Forvard Milanda baxtli, u ikki yil oldin unga ishonch bildirgan "Inter"dan minnatdor. Bundan tashqari, futbolchi Angliya chempionatiga qaytishni xohlamayapti.

Qayd etish kerakkki, "Chelsi" Lukakuning transferi borasida rasmiy taklif bermadi.

Eslatib o'tamiz, belgiyalik London klubida 2011-2014 yillarda o'ynagan.

28 yoshli forvard o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 36ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol va 11ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it