"Chelsi" "Sent-Eten"dan 19 yoshli xavbekni sotib olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2025
"Chelsi" "Sent-Eten" futbolchisi Matis Amuguga qiziqish bildirmoqda va u uchun 15 mln evro to'lashga tayyor.

Agar tomonlar o'rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, 19 yoshli fransiyalik futbolchi mavsumning qolgan qismini ijara asosida "Strasbur"da o'tkazadi. Bu klub ham xuddi "Chelsi" singari BlueCo guruhiga mansub.

19 yoshli Amugu joriy mavsum "Sent-Eten"ning asosiy tarkibida debyut qildi va Fransiya chempionatida 17 ta o'yinda qatnashdi. Transfermarkt uni 5 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get French Football News