

Daily Mail nashri ma'lum qilishicha, Chelsi futbolchining transferi bo'yicha ukrainaliklar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Sudakovning shartnomasida tovon puli 125 million funt etib belgilangan bo'lsada, Shaxtyor yarim himoyachisini 65 millionga sotishga tayyor.
21 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 10 ta gol va 6 ta golli uzatma bor. Uning Shaxtyor bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.




