Rasman: "Kattaqo'rg'on" Gruziya chempioni transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
23 mar 2026
Pro ligada yuqori marralarni ko'zlagan jamoa tarkibiga yana bir tajribali legioner kelib qo'shildi.

1994 yilda tug'ilgan hujumchi Georgiy Panculaya bilan mavsum oxirigacha mo'ljallangan kelishuvga erishildi.

Gruziya chempionatining o'tgan mavsumida 17 gol bilan to'purarlar reytingida 2-o'rinni egallagan Panculaya turli yillarda "Torpedo" Kutaisi, "Dinamo" Batumi hamda Qozog'istonning "Kaspiy" va "Jenis" klublari sharafini himoya qilgan.

Faoliyati davomida 300 dan oshiq rasmiy uchrashuvda maydonga chiqqan futbolchi "gol+pas" tizimida 150 ochkolik dovonni zabt etgan. 

Qayd etish joiz, 32 yoshli forvard 2020/21 yilgi mavsum "Dinamo" Batumi bilan chempionlikni qo'lga kiritgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Каттақўрғон" матбуот хизмати