"Chelsi" Sterlingni sotishni istaydi, biroq bir muammo bor

Mirjalol Normatov
26 iyul 2025
"Fulxem" Rahim Sterlingni tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Ben Jeykobsning ma'lumotiga ko'ra, "Fulxem" vingerni transfer qilmoqchi bo'lgan, biroq buning uchun Sterling maoshining pasayishiga rozilik bildirishi kerak. "Fulxem" futbolchiga asosiy tarkibni vada qilmoqda.

O'tgan kunlar davomida Sterling "Napoli"ga tavsiya qilingan. Hozircha muzokaralarning yakuni qanday bo'lgani aniq emas.

Sterling o'tgan mavsumni "Arsenal"da ijarada o'tkazdi va 17 o'yinda ikkita golga assist bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/JacobsBen