“Chelsi” yozda 68 million evroga sotib olgan futbolchisi olti hafta maydonga tusha olmaydi

Nozimov Nig'monxo'ja
12 sen 2023
"Chelsi" yangi o'yinchisi Romeo Laviya jarohati sababli yana kamida bir yarim oy maydonga tusha olmasligi taxmin qilinmoqda.

Daily Mail xabariga ko'ra, London klubiga o'tgan belgiyalik yarim himoyachi jamoasining mashg'ulotlarida yana jarohat olgan. Qayd etilishicha, xavbek to'pig'idan olgan jarohati sababli kamida 6 haftaga safdan chiqqani taxmin qilinmoqda.

Ma'lumot uchun, Laviya "Sautgempton"dan 62+6 mln evro evaziga "Chelsi"ga transfer qilingandi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com