Chezare Prandelli: “Balotelli? Golni Insine va Immobilega o'xshab qidirish kerak”

Tolibjon Qosimov
9 iyun 2014
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Chezare Prandelli “Fluminense”ga qarshi o'yin(5:3) haqida o'z xulosalarini bildirib o'tdi.
“Bu uchrashuvda biz ko'p qiziq narsalarni ko'rdik. Insine va Immobile yaxshi ishlashdi. Maydonda biroz botirroq bo'lish kerak, ammo umuman olganda yaxshi.

Bu so'nggi o'rtoqlik o'yini edi. Endi bu haftada maxsus tayyorgarlik olib boramiz va Angliyaga qarshi barcha qurollarni qo'llaymiz.

Balotelli? Golni Insine va Immobilega o'xshab qidirish kerak”, - deydi Prandelli.
Balotelli uchrashuvning 61 daqiqasida almashtirilgan edi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru