CSKAdan transfer taqiqi qachon olinadi? "Sila Lawyers" huquqshunosi javob berdi

Mirjalol Normatov
6 dec 2024
"Sila Lawyers" huquqshunosi Sergey Lisenko FIFAning CSKAga 2 yil davomida transfer taqiqi qo'yganligi borasidagi holatga izoh berib o'tdi.

"FIFA sayti malumotiga ko'ra, CSKA klubiga 2024 yilning 14 noyabridan transferlar taqiqi qo'yildi. FIFA Reglamentiga qaraydigan bo'lsak, bu futbolchining jamoa tarkibiga qo'shib olinishi va yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishini taqiqlaydi va jamoa futbolchilarining CSKA PFKdan ketib, boshqa jamoaga o'tishiga to'sqinlik qilmaydi. Boshqacha so'z bilan aytganda, futbolchilarning va Abbosbek Fayzullaevning CSKAdan ketishiga hech qanday to'siq yo'q. Faqatgina ikki klub kelisha olishi va bunga futbolchi rozi bo'lsa kifoya.

Lekin CSKAning bunday yo'l tutishi juda qiyin, chunki klub ketadigan futbolchining o'rnini to'ldira olmaydi va yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.

CSKAning aloqalar bo'yicha direktori Kirill Breydoning malumotiga ko'ra, klubning "Xerenven" bilan qarzdorligi bo'yicha bahs ketgan. Qarzni esa uch tomonlama shartnomaga ko'ra, CSKAdan Nikola Vlashichni sotib olgan "Vest Xem" to'lashi kerak bo'lgan.

Tabiiyki, FIFA qaroriga ko'ra "Xerenven"ga to'lab berilgan taqdirda CSKAdan ushbu taqiq olib tashlanadi. Buning uchun "Vest Xem" klubi CSKA oldidagi qarzini bartaraf qilishi kerak bo'ladi", - dedi "Sila Lawyers" huquqshunosi Sergey Lisenko.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Зухриддин
7 dec 2024
Вест Хэмга тақиқ қўй далбаёб ФИФА, хаммаси жонга тегди спортга сиёсатни аралаштириш
Abror-Ellikqal'a
7 dec 2024
Onasini emsin kasha mashaku
fara
6 dec 2024
Xammasi Abbosnining agentiga bogliq, agenti maxkamroq bo‘lishi kerak
Abror_Tursunov
6 dec 2024
Xuddi Abbosni ertaga sotmoqchi bo'lib turgandek , bugun faqat sska bilan shug'illandilaringda
Rashid Boltaev
6 dec 2024
Нима учун вест хем карзини ту́ламаган унга нима таъкик йу́кми фифадам жонга тегди