Davron Fayziev: “Eng alamlisi, uchrashuvdagi barcha golni bizning futbolchilar urishdi”

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2019
Superliga 11-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Dinamo” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida samarqandliklar ustozi Davron Fayziev ishtirok etdi.

- Butun Qo'qon ahlini mavsumdagi ochilish o'yini bilan tabriklayman. Jamoani o'z uyiga qaytgani bilan ham tabriklayman. O'yin borasida bahoni jurnalistlar berishsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Bugungi bahs shiddatli kurashlarga boy tarzda o'tdi. Eng alamlisi, uchrashuvdagi barcha golni bizning futbolchilar kiritishdi. Biz hamisha hujumkor o'yin ko'rsatib kelyapmiz. Lekin himoyada xatolarga yo'l quyapmiz. Bugungi bahsda g'alaba qozonganimizda turnir jadvalidagi holatimiz yanada yaxshilangan bo'lardik.

Ikkinchi bo'limning boshida gol o'tkazib yuborayotganimizni ichki xotirjamlik bilan izohlagan bo'lardim. Har doim futbolchilarimizga buni tushuntirib kelyapmiz.

Bugungi o'yinni tezroq unutib keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. Bizni oldinga kubok bahsi kutib turibdi. Biz har bir raqibni hurmat qilgan holda tayyorgarlik ko'ramiz.
Biz moliyaviy imkoniyatimizga qarab tarkibga futbolchi jalb etib kelamiz. Menga qolsa har bir chiziqni kuchaytira oladigan o'yinchilarni olgan bo'lardim. Hozir jamoamizda yetakchi rolini bajaradigan futbolchilar yetishmayapti.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz