Jaloliddin Masharipov: "Uzog'i bilan 1 oyda umumiy guruhga qaytaman"

Sherzod Nurmatov
18 mar 2026
O'zbekiston terma jamoasi va "Istiqlol" vingeri Jaloliddin Masharipov taniqli jurnalist Davron Fayziev bilan suhbatda hozirgi jismoniy holati haqida ma'lumot berdi.

"Tiklanish jarayoni ajoyib tarzda davom etmoqda. Yugurishni boshlab yubordim. Xudoga shukrki, o'zimni yaxshi his etyapman. Uzog'i bilan 1 oyda umumiy guruhga qaytaman. Muxlislar orzusini amalga oshirib, terma jamoa uchun yurakdan o'ynash maqsadidaman. Mening orzum ham doim mundialda o'ynash bo'lgan. 

Instagram'da "Paxtakor" haqidagi storis? Maydonda jamoaga lider yetishmayapti. Erondagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, balki "Paxtakor"ga qaytib, "sherlar"ga yordam berishim kerakdir, degan manoda qo'ygandim", – dedi Masharipov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/davronfayziev_official