Denis Ivankov: "Vaziyatdan to'g'ri xulosa chiqara olishimiz kerak "

Eldor Akmurzayev
16 iyun 2021
O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha Saudiya Arabistoniga mag'lubiyatga uchrab, Jahon chempionati saralashidagi yurishini to'xtatdi.

Vakillarimiz bugun tushdan so'ng yurtimizga qaytib keldi. Muxbirimiz terma jamoamizning darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankovning fikrlari bilan qiziqdi. 

"Afsuski, Jahon chempionati saralashi biz uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Nima bo'ldi, Qayerda qanday xatoga yo'l qo'ydik, hammasini tahlil qilamiz. Hozir biror narsa deya olmayman. Vaziyatdan to'g'ri xulosa chiqara olsak, bo'lg'usida bunday holat kuzatilmasligiga ishonaman. 

Darvozabonlarni Saudiya Arabistoni bilan o'yinga odatdagidek tayyorladik. Raqibning kuchli tomonlarini o'rganib chiqqandik. Nazariy mashg'ulotlarda qaysi futbolchisi xavfli ekanligi aytilgandi. Qaysidir joyda himoyadagi xatolar ham pand berdi. 

Uchrashuvning masuliyatini hamma his qilib turgandi. Shu bois biroz hayajon kuzatilgan bo'lsa kerak. Barcha g'alaba uchun harakat qildi. Biroq o'xshamadi", - deydi Denis Ivankov.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia