Denis Suares sobiq jamoasiga qaytishga yaqin

Mirjalol Normatov
30 iyun 2019
"Barselona" yarim himoyachisi Denis Suares yangi mavsumni boshqa klub tarkibida boshlaydi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, uning "Selta"ga o'tish ehtimoli yuqori.

Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakunlanib qolganyu Suaresning transfer narxi 15 million evroga teng bo'ladi.

Denis o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Arsenal" tarkibida ijarada o'tkazgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo