Derdiyok yangi jamoasida nechta gol urdi?

Shota Arveladze 2020 yilning boshida sobiq shogirdi Eren Derdiyokni Toshkentga taklif qilgan, shveytsariyalik turk "Paxtakor" ishqibozlari tomonidan iliq kutib olingandi.

"Sherlar" libosida 46 o'yin o'tkazib, 18 gol va 5 ta assistga mualliflik qilgan forvard joriy yilning 19 iyulida jamoa bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylandi. Oradan ko'p o'tmay, 6 avgust kuni Eren Turkiyaning "Anqaragyuju" jamoasi a'zosi sifatida tanishtirilgandi.

Ayni paytga kelib Turkiya 2-divizionida 16 ta uchrashuv o'tkazgan hujumchining hisobida 8 ta gol bor. So'nggi 4 uchrashuvda maydonni golsiz tark etgan futbolchi muxlislarning noroziligiga sabab bo'lmoqda. Ammo, Eren ayni paytda jamoasining eng yaxshi "snayper"i bo'lib turibdi. U mavsum yakunida liga to'purariga ham aylanishi mumkin.

Derdiyok Anqarada qancha maosh oladi?


Manba: championat.asia