Diego Kosta koronavirusdan tuzaldi va "Atletiko"ga qaytdi

Alisher
16 sen 2020
Madridliklar hujumchisi Diego Kosta endi soppa-sog'.

"Atletiko" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 31 yoshli ispaniyalik forvard Diego Kosta, shuningdek himoyachi Santgo Arias koronavirusdan tuzalishdi va jamoa bilan mashg'ulotlarga qaytishdi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Madrid klubi ustozi Diego Simeone ham koronavirusga chalingani ma'lum bo'lgan edi.

"Atletiko" La Liganing yangi mavsumidagi ilk o'yinini 27 sentyabr kuni "Granada"ga qarshi o'tkazadi.


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com