Dilshod Jo'raev: "Xorazm"ning Superligada o'ynashiga oxirigacha ishongandik"

Iskandarov Abdulaziz
7 fev 2025
"Xorazm" bir necha kun oldin tarkibiga tajribali futbolchilarni qo'shib olganini e'lon qildi.

 "Lokomotiv" bilan xayrlashgan yarim himoyachi Dilshod Jo'raev yangi mavsumda "Xorazm" libosida harakat qiladi. Futbolchi yangi jamoasiga o'tishi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- "Xorazm"ga o'tishimga kelsak, bosh murabbiy Hakim Fuzaylov va direktor Ro'zimboy Ahmedovning taklifidan so'ng bu jamoada o'ynash istagi tug'ildi. Ochig'ini aytganda jamoamizning Superligada o'ynashiga oxirigacha ishondik. "Olimpik" rad javob bergach navbat bizga kelgandi. PFL o'zining principlariga sodiq qolishiga ishondik. Ikkinchi tomondan klub rahbarlari, homiylari qo'llab-quvvatladi.  O'ylaymanki, "Xorazm"ning Superligada o'ynashi barchaga qiziq, chunki jamoa uzoq tanaffusdan so'ng Superligada o'ynaydi. Hakim Fuzaylov qo'l ostida yaxshi jamoa shakllanmoqda. Superliga jamoalariga munosib qarshilik ko'rsata olamiz. Baribir birinchi yil oson bo'lmaydi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'ryapmiz. 

- Qur'a "Xorazm" uchun yaxshi raqiblarni berdi. Lekin baribir hamma raqib bilan o'ynaymiz. Yoqimli tomoni shuki, ilk turni "Do'stlik" stadionida mezbon sifatida o'tkazamiz. O'z maydonimiz tezroq bitishini va muxlislarimiz oldida to'p tepishimizni intizorlik bilan kutib qolamiz. Futbol muxlislar uchun. Yaxshi natijalar bilan ishqibozlarimizni xursand qilish uchun borimizni beramiz.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia