Dinamo: Firdavs Abdusalimovni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
27 noya 2017
Bugun - 27 noyabr Dinamo klubi futbolchisi Firdavs Abdusalimov uchun unutilmas sana bo'lib qoladi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida to'p surgan 22 yoshli Samarqand futboli tarbiyalanuvchisi, Dinamo klubi himoyachisi Firdavs Abdusalimov bugun bo'ydoqlar safini tark etib, oila qurmoqda.

O'zining baxt va visol kechasini nishonlayotgan futbolchimiz Firdavs Abdusalimovga Dinamo futbol klubi va minglab muxlislar nomidan baxt va saodat tilab qolamiz. Oila deb atalmish koshonaga qadam qo'yayotgan ikki yoshga farovon hayot yo'lini so'raymiz.

Dinamo klubi matbuot xizmati.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz