"Dinamo" "G'azalkent"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida qatnashdi: legionerlar ham maydonga tushdi

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2026
"Do'stlik" stadioni sun'iy maydonida Superliga yangi masumiga hozirlik ko'rayotgan "Dinamo" yaqinda tashkil etilgan "G'azalkent" jamoasi bilan bahs yuritdi.

Uchrashuv birinchi bo'limida 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.

Ikkinchi taymda esa jamoalar tarkibi tubdan o'zgarib, hisob 6:2 ko'rinishiga keldi.

Samarqand jamoasi safida yangi legionerlar - markaziy himoyachi Jesah Mabepa Aessa va tayanch yarim himoyachisi Dramane Salou, shuningdek, ko'rikda bo'lib turgan bolgariyalik vinger Georgiy Babaliev maydonga tushdi.

"Dinamo" – "G'azalkent" 6:2

Gollar: Aziz Amonov 42', Elnur Xoliqov 46', Georgiy Babaliev 53', Xislat Xalilov 73', 88', Behruz Oblaqulov 90+2' - Muhammadyusuf Fayzullaev 44', Vladislav Nabatov 50'

"Dinamo"ning 1-taymdagi tarkibi: Rashan Yagudin, Jesah Mabepa Aessa, Ulug'bek Abdullaev, Salim Mustafoev, Jaloliddin Jumaboev, Nurillo To'xtasinov, Rasul Yo'ldoshev, Sanjar Qodirqulov, Anvar Hojimirzaev, Aziz Amonov, Mirjahon Mirahmadov.

"G'azalkent"ning 1-taymdagi tarkibi: Kenjaev, Ro'ziboev, Turg'unov, Ibodullaev, Ahmadov, Erkinjonov, Prisnyajnyuk, Olimov, Fayzullaev, Podtinniy, Abdullaev.

2-taymda tushganlar: Ko'chqorboev, Bahodirov, Yusufboev, Jamoletdinov, Hikmatullaev, Mahmudov, Postnikov, Gikov, Zvyagincev, Nabatov, Korshunov.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia