"Dinamo" gruziyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Оқил Абдубарноев
4 jan 2024
Superliganing yangi mavsumi oldidan "Dinamo" klubi o'z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Gruziyalik markaziy himoyachi Anton Tolordava "Dinamo" jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 27 yoshli legioner 2024 yilning oxirigacha Samarqand klubi sharafini himoya qiladi.

O'tgan mavsumda Qozog'istonning "Shaxtyor" klubi safida to'p surgan Tolordava 23 o'yinda 2 ta golga mualliflik qilgan. Ungacha esa Anton Gruziya, Serbiya, Estoniya chempionatlarida faoliyat yuritgan. 


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: "Динамо" матбуот хизмати

Izohlar