

Jamoalar tanaffusga durang hisob bilan chiqishdi – 0:0.
Ikkinchi bo'limda esa Vadim Abramov boshqa tarkibni sinab ko'rdi va 50-daqiqada ko'rikda bo'lgan bolgariyalik 24 yoshli vinger Georgiy Babalievning uzatmasidan keyin Mirjahon Mirahmadov hisobni ochdi - 1:0.
57-daqiqada Babalievning o'zi kuchli zarbasi bilan chiroyli golga mualliflik qildi – 2:0.
84-daqiqaga kelib, urganchliklar Danila Ejovning goli bilan hisobni qisqartirdi – 2:1.
90-daqiqada esa Babaliev boshlagan hujumdan keyin Mirahmadovning darvozaga bosh bilan yo'llagan zarbasi to'singa tegdi, qaytgan to'pni Xalilov darvozaga yo'lladi – 3:1.
Nazorat uchrashuvi. 12 yanvar
"Dinamo" – "Xorazm" 3:1
Odil Junior suniy maydoni
Gollar: Mirjahon Mirahmadov 50, Georgiy Babaliev 56, Xislat Xalilov 90 – Danila Ejov 84.
"Dinamo": Ravshanbek Yagudin, Ulug'bek Abdullaev, Jaloliddin Jumaboev, Jahongir O'rozov, Sanjar Qodirqulov, Dramane Salou, Nurullo To'xtasinov, Rasul Yo'ldoshev, Azizbek Amonov, Anvarjon Hojimirzaev, Ulug'bek Hoshimov.
2-bo'limdagi tarkib: Edem Nemanov, Artyom Kolobov, Jaloliddin Jumaboev (Sanjar Qodirqulov, 76), Maqsudxo'ja A'loxo'jaev, Georgiy Babaliev, Fozil Zokirov, Oybek Hamroqulov, Xislat Xalilov, Firdavs Abdurahmonov (Abdulahad Hoshimov, 70), Behruzbek Obloqulov, Mirjahon Mirahmadov.



