"Dinamo" OCHL 1/8 finalida o'ynaydigan Saudiya Arabistoni klubi bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
26 jan 2024
"Dinamo" jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari yig'ini doirasidagi 4-o'yinda maydonga tushdi.

Bu safargi o'rtoqlik bahsida Vadim Abramov shogirdlari Saudiya Arabistonining "Al-Fayha" klubiga qarshi maydonga tushdi. OCHLda Paxtakorni 4:1 hisobida mag'lub etib, 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritgan Saudiya klubi tayyorgarlik doirasida Samarqand jamoasiga qarshi o'yin o'tkazdi.

Abu-Dabidagi o'yinda Saudiya klubi 6-daqiqada Navaf Al-Hartining goli evaziga hisobni ochgan bo'lsa, 15-daqiqada "Dinamo" yarim himoyachisi Sanjar Shoahmedov Farruh Ikromovning uzatmasidan keyin o'z goli bilan hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Ikkinchi bo'limning 84-daqiqasida saudiyaliklar hisobda yana oldinga chiqib olgan bo'lsa, oradan ikki daqiqa o'tib Komil Sharofutdinov "Dinamo" hujumini gol bilan yakunladi – 2:2.

Qiziqarli o'tgan bahsda "Dinamo" klubi Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak final ishtirokchisi bilan durang o'ynadi.

O'rtoqlik o'yini. 26 yanvar
Abu-Dabi, Elite Club stadioni
"Al-Fayha" (Saudiya Arabistoni) - "Dinamo" (O'zbekiston) – 2:2
Gollar:
Navaf Al-Harti 6, Abdulhamid Sobiri 84 – Sanjar Shoahmedov 15, Komil Sharofutdinov 86.
"Dinamo": Ravshanbek Yagudin, Artyom Sokol, Odil Abdumajidov, Ulug'bek Abdullaev, Anvar Fayzullaev, Vladimir Kozak, Humoyunmirzo Iminov, Sanjar Shoahmedov, Francis Narx, Farrux Ikromov, Anvar Xojimirzaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Salim Mustafoev, Dushan Miyich, Xislat Xalilov, Emmanuel Yagr, Vohidjon Oqbo'taev, Damir Temirov, Husniddin G'ofurov, Komil Sharofutdinov, Bahodir Nasimov, Xurshid Ubaydullaev, Javlon Malikov.
 



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: "Динамо" матбуот хизмати

Izohlar

????'???????????????????????????????? ??????????????????????????
26 jan 2024
Paxtakor muxlislari eshitmasin
Designsprint
26 jan 2024
Dinamo Ligaga Raqobat opkirsa xursand bolamiz yanayam qiziqarli uchrashuvla boladi moylovli Amaki olga!
Baxti01010101
26 jan 2024
Динаможон вперёд!!! Пусть удача сопутствует всегда !!!
TEMUR
26 jan 2024
Feyxa borni bermasligi aniqqku rasmiy oʻyinda bilinadi kim kimligi
Qayumov Toshpulot
26 jan 2024
Мухлисларинг сенга куч Майдонда бургутдай УЧ Динаможон Динамо