Dino Dzoff: Totti - Italiya futbolidagi eng asosiy 10-raqam

Narzulla Saydullayev
5 okt 2014
Italiya terma jamoasi sobiq darvozaboni Dino Dzoff Roma sardori Franchesko Totti haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Tottini Badjo, Del Pero va Platini bilan taqqoslash to'g'ri. Badjo, Del Pero va Totti - so'nggi 25 yilda Italiyaning eng yaxshi futbolchilari.

Badjo ajoyib to'purar edi. U himoyachilar orasidan o'tish borasida qirol edi. Del Pero esa "killer" edi.

Totti - Italiya futbolidagi eng yaxshi 10-raqam. Sababi u yuqoridagi ikkala futbolchining sifatlariga ega.

Uni Platini bilan taqqoslash mumkin? Tottini istalgan futbolchi bilan taqqoslash mumkin. Uning hisobida sovrinlar u qadar ko'p bo'lmasligi mumkin, ammo Totti - bu Totti, – deydi Dzoff.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru