Diogu Jota Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi. Klopp buni tasdiqladi

Administrator
18 okt 2022
Futbolchi "Siti"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.

"Liverpul" klubi va Portugaliya terma jamoasi a'zosi Diogu Jota Qatarda o'tkaziladigan Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi. Bu haqida "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ma'lum qildi. Murabbiyning bildirishicha, Jotani operaciya qilish talab qilinmaydi. Ammo futbolchi mundialni o'tkazib yuboradi. 

"Boshlang'ich tekshiruvdan olingan tashxisdan so'ng ko'p narsa oydinlashdi. Biz uchun juda og'riqli xabar. O'yinchilarning sog'ligiga e'tibor berishimiz kerak va biz shunday qilmoqdamiz", -deydi Yurgen Klopp.

Ma'lumot uchun, APL 11-turidan o'rin olgan "Man Siti"ga qarshi o'yinda Diogu Jota jarohat olib, maydonni zambilda tark etgandi. 


AdministratorMuallif
Manba: Liverpool Echo