

"Yuventus" klubi bosh direktori Mauricio Skanavino klub Pol Pogba bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha muzokaralar o'tkazayotganini ma'lum qildi.
"Pol Pogba bilan muzokara o'tkazayotganimizni tasdiqlashim mumkin. Qaror ham ma'lum, shunchaki shartlarni aniq qilib olsak bo'ldi. Pol Pogba "Yuventus"ni tark etadi va erkin agentga aylanadi", -deydi Mauricio Skanavino.
Ma'lumot uchun, yaqindagina Xalqaro Sport arbitraj sudi (CAS) 4 yilga futboldan chetlatilgan Pol Pogbaning appelyaciyasini qisman qanoatlantirib, chetlatish muddatini 18 oy qilib belgilagandi.



