

"Ishonamanki, Mbappe hozirda dunyodagi eng barqaror hujumchisi sanaladi. U PSJga Chempionlar ligasida "Bavariya" to'sig'idan o'tishida yordam bera oladi", - dedi Drogba.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki o'yinida PSJ o'z maydonida "Bavariya"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Javob o'yini 9 martga o'tar kechasi 01:00 da bo'lib o'tadi.
24 yoshli Mbappe joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



