Duglas Kosta "Yuventus"ga qaytishni xohlayapti

Omonjon To`xtamirzayev
28 okt 2023
Yarim himoyachi Duglas Kosta "Yuventus"ga qaytishni istaydi.

Avvalroq u Turindan "Los-Anjeles Gelaksi"ga yo'l olgan va bugungi kunda erkin agent sanaladi. 

"Men Allegri qo'l ostidagi askar bo'lishni va yana "Yuve" muxlislari mehrini his qilishni istayman.

Mening agentim barcha qiziqayotgan klublar bilan aloqada bo'lib turibdi, jumladan, "Yuventus" bilan ham.

Biz Saudiya Arabistoniga ham tashrif buyuramiz, sababi liga o'smoqda".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо