Edegor va Sakaning jarohati haqida ma'lumot berildi

Khoja
25 avg 2025
"Arsenal" yetakchilari Martin Edegor va Bukayo Sakaning jarohati haqida ma'lumot berildi.

Har ikki futbolchi kecha tibbiy ko'rikdan o'tgan va jiddiy jarohatdan "qochib qolishgan". Tibbiy ko'rik xulosasiga ko'ra, har ikki futbolchi ham APLning navbatdagi turiga qadar safga qaytishadi va "Liverpul"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olishadi.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" yulduzlari APLning 2-turida "Lids"ga qarshi uchrashuvda jarohat olib, maydonni erta tark etishgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com