“El-Klasiko” vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo'lgan shaxs qo'lga olindi

Eldor Akmurzayev
14 may 2020
“Barselona” – “Real” o'rtasidagi o'yin paytida terrorchilik harakatini sodir etishni ko'zlagan erkak qo'lga olindi.

Marokashlik fuqaro 8 may kuni Barselonada qo'lga olingan va hibsga yuborilgan edi. Keyinchalik u huquq-tartibot organi xodimlariga dron yordamida terakt uyushtirishni rejalashtirgani haqda aytgan. Biroq, u muxlislarga qanday hujum qilishni xohlagani haqda aniq gapirmagan va dron ham topilmagan.

Tergov malumotlariga ko'ra, gumonlanuvchi yaqin 4 yil ichida terroristik tashkilotlardan biri bilan aloqada bo'lgan va so'nggi vaqtlarda etiborni jalb qilmaslik uchun kam ko'rinish bergan.

Eslatib o'tamiz, La Liga 10-turi doirasida “Kamp Nou”da o'tgan bahsda hisob ochilmagan edi.


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Muqova: La Sexta

Izohlar

James Rodrigez
14 may 2020
Terorchilikdan nima foyda begunohlani o'ldirip haliyam vatan himoyachilari bor bahtimizga tinchlik bulsin dunyoda
4 ☆ RAMOS MADRID
14 may 2020
Hudo ko'rsatmasin shunday bo'lgandami Florentina peres baloga qolardi