El-Nenni "Arsenal" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi

Alisher
18 mar 2021
Misrlik xavbek Muhammad El-Nenni Londonning "Arsenal" klubi bilan hamkorlikni davom ettirish haqida gapirdi.

"Men shartnomani uzaytirishni xohlardim. Doim "Arsenal"ga sodiq qolaman. Agar rahbariyat menga shartnoma taklif qilsa, jonim bilan unga imzo chekardim", - deydi 28 yoshli yarim himoyachi.

Eslatib o'tamiz, El-Nenni London klubiga 2016 yilning qishida "Bazel"dan o'tgan. Uning angliyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal